
"Inter" "Krotone" darvozasiga 6 ta gol urdi. Lautarodan xet-trik (video)
Italiya A Seriyasining 15-turida “Inter” o‘z maydonida “Krotone”ni qabul qildi.
Gollar shousiga aylanib ketgan ushbu bellashuv 6:2 hisobida “neradzurrilar”ning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Inter”ga g‘alaba keltirgan gollarni Lautaro Martines (20', 57', 78'), Luka Marrone (31' avtogol), Romelu Lukaku (64') va Ashraf Xakimi (87') kiritdi. Mehmon jamoaning gollarini Nikkolo Zanellato (12') va Vladimir Golemich (36') kirdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar