
"Inter" Koutinoni ortga qaytarmoqchi emas
Mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazayotgan “Barselona” yarim himoyachisi Filippe Koutino “Inter” ustozi Antonio Kontening rejalariga kirmaydi.
Calciomercato.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “neradzurrilar” braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha “ko‘k-anor ranglilar” bilan muzokaralar o‘tkazishmagan. Boisi, “Inter”ga boshqacha uslubga ega futbolchi kerak. Biroq, Koutinoning o‘zi A Seriyaga qaytishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, “Inter” Koutino uchun begona emas. U 2008-2013 yillarda ushbu jamoa safida to‘p surgan.
Fikrlar