
"Inter" Kavanini ko‘zlamoqda
Italiyaning "Inter" klubi "Roma" xujumchisi Edin Jekoni sotib olish umidini uzmagan.
Ular 33 yoshli futbolchi uchun 12 mln evro to‘lab berishmoqchi. Ammo Rim klubi forvardni 20 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishni istamayapti. Yaqin orada klub vakillari o‘zaro uchrashib, bosniyalik forvard borasida bir to‘xtamga kelishadi.
Agarda ushbu transfer amalga oshmasa, "Inter" PSJ forvardi Edinson Kavanini sotib olish variantini ko‘rib chiqadi. Ammo tomonlar bu borada rasmiy muzokaralar olib borishmagan. Urugvaylik xujumchining transfer narxi 50 mln evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli forvard PSJga 2013 yilda kelgan. Uning shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
So‘nggi mavsum, Liga 1 musobaqasi doirasida 21 ta uchrashuv o‘tkazgan Kavani 18 ta gol urib, 6 bor golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba:La Gazzetta dello Sport
Fikrlar