
"Inter" Joau Mariuni 25 mln evroga sotmoqchi
Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Joau Mariu faoliyatini “Monako”da davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra monakoliklar 26 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun 18 mln evro taklif qilishmoqda. “Neradzurrilar” esa uni 25 mln evroga baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, “Inter” Mariuni 2016 yil 45 mln evroga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum A Seriyada 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar