
"Inter" Ikardining o‘rniga "Roma" hujumchisini olib kelmoqchi
"Roma" hujumchisi Edin Jeko "Inter" qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "neradzurrilar" Mauro Ikardining o‘rniga yangi hujumchi qidirishni boshlab yuborishgan.
Bosniyalik futbolchining tahminiy transfer bahosi 30 mln evroga baholanmoqda. Joriy yilgi mavsumda 33 yoshli forvard "jallorossilar" safida 30 bahsda maydonga tushdi va 12 ta gol kiritib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar