“Inter” darvozaboni mashinada nogiron odamni bosib ketdi
Italiyaning “Inter” jamoasi ikkinchi darvozaboni Xosep Martines ayni paytda boshidan shok holatini o‘tkazmoqda.
la Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, ispaniyalik Martines Komo viloyatidagi aholi punktlaridan biri nogironlar aravasida bo‘lgan fuqaro bilan avariya holatini sodir etgan. Tez yordam va futbolchining o‘zi yordam ko‘rsatganiga qaramay, 81 yoshli erkak voqea joyida vafot etdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, nogironlar aravasida harakatlanayotgan yoshi katta kishining salomatligi yomonlashgan va yo‘nalishini birdan o‘zgartirishi oqibatida Xosep Martines boshqaruvidagi mashinaning yo‘liga chiqib ketgan.
Ayni paytda politsiya avtohalokat sababi va aybdorlarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv o‘tkazyapti.
27 yoshli Xosep Martines aslida “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini “Las-Palmas”da boshlagan. Keyinchalik Germaniyaning “Leyptsig” va Italiyaning “Jenoa” klublarida o‘ynagan.
“Inter” mahoratli darvozabonni 2024 yili asosiy golkiper Yan Zommerga o‘rinbosar sifatida 14 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi.



Fikrlar