“Inter” chempionlik sirini topdi

  • 16 aprel, 2021, 13:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku joriy mavsumda jamoasining chempionlikni qo‘lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil qilgani bosh murabbiy Antonio Kontening taktika bo‘yicha mahoratiga bog‘liq ekanini aytdi.

Tecno

- To‘g‘risi, shu paytga kelib, jamoamizning musobaqa jadvalida etakchilik qilishiga ishonmagandim. Menimcha, A Seriya juda murakkab liga va har bir o‘yinga puxta tayyorlanish lozim. Har bir uchrashuv – yangi sinov. Lekin bu mening o‘sishimga turtki bo‘lyapti. Chunki ko‘p ter to‘kishimizga to‘g‘ri kelmoqda.

Biz har bir uchrashuvda yangi-yangi qarorlar qabul qilishga va mustahkam himoyalanishga intilyapmiz. Himoyachilarimiz va darvozabonimiz Samir Xandanovich o‘z ishini yaxshi uddalayapti. Biz hujumchilarning o‘zimizga ishonchimiz ortib boryapti.

Antoni Konte bizga hujumchilar eng oldingi chiziqdagi himoyachilardir, deb ta’kidlaydi. Men, Lautaro Martines, Aleksis Sanches va Pinamonti raqib himoyachilariga har gal bosim o‘tkazishga urinamiz. Ularni qiynaymiz. Bu harakatlarimiz butun jamoaga naf keltiradi, - dedi Romelu Lukaku.

Belgiyalik hujumchi joriy mavsumda A Seriyada 29 ta uchrashuvda 21 ta gol urdi va beshta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!