"Inter" bu futbolchi bilan shartnomani bekor qiladi

  • 15 dekabr, 2021, 17:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen tez orada jamoani tark etadi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitter sahifasida.

Tecno

Manbaga ko‘ra, futbolchi va klub 2024 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnomani muddatidan oldin bekor qiladi. Sababi futbolchining yuragiga Italiyada o‘ynash taqiqlangan kardioverter-defibrillyator o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Evro-2020da Eriksen yurak xurujiga uchragan edi. 29 yoshli Eriksen “Inter”da 2020 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “neradzurrilar” safida barcha turnirlarda jami 60 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!