"Inter" bosh murabbiyi: "Bu o‘yin revansh emas, oddiygina maqomda kechadi"

  • 18 sentabr, 2024, 17:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Simone Indzagi Chempionlar ligasida "Manchester Siti" bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz juda uyushgan jamoaga duch kelamiz. Yillar davomida o‘z uylarida mag‘lub bo‘lishmadi. Uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir kunimiz bor edi. Lekin biz nima qilishimiz kerakligini va ajoyib o‘yin o‘tkazishimiz mumkinligini bilamiz. Buni futbolchilar ham tushunishadi.

Tecno

Xalqaro tanaffus paytida ko‘plab futbolchilarimiz o‘z terma jamoalari safida o‘ynashdi. Bu biroz charchoqni yuzaga chiqarishi mumkin. Biz duch kelishi mumkin bo‘lgan eng yomon raqiblar "Manchester Siti", "Real Madrid", "Liverpul" va "Arsenal" klublari sanalishadi Endi biz "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan boshlaymiz va umid qilamizki, hammasi biz uchun yaxshi bo‘ladi.

Men buni 2022/23 yilgi Chempionlar ligasi finali uchun revansh deb hisoblamayman. Chunki bu saralash bahsi.

Bu yangi musobaqa. Biz sakkiz xil darajadagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Turnir yanada shiddatli bo‘ladi. Ammo bu format o‘z samarasini berishi shubhasiz. Umid qilamizki, yaxshi o‘yin ko‘rsatamiz", - dedi "Inter" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!