"Inter" "Atletiko"ni yirik hisobda mag‘lub qilishi ham mumkin edi...

  • 21 fevral, 2024, 03:59
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Inter" - "Atletiko" bahsi mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Ammo uchrashuv bundan ham yirikroq hisobda yakunlanishi mumkin edi.

Tecno

Murabbiylar bir-birini yaxshi o‘rgangani dastlabki daqiqalardan ko‘rinib turdi. Diego Simeone Alvora Morata va Memfis Depaylarni emas, balki markaziy hujumga Markos Lorenteni qo‘ygani ayrim savollarni keltirib chiqarishi mumkin, lekin argentinalik mutaxassis yarim himoyachini pressingda yaxshi ishlashini inobatga olgan. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan madridliklar qarshi hujumga ham qochishni rejalashtirgandi. Birinchi taymda deyarli tenglik kuzatildi. Faqatgina "Inter" bo‘lim so‘nggida bir nechta imkoniyatlarga ega chiqdi. Unda ham aytarli zarba berilgani yo‘q.  

Image

Ikkinchi taymda Markus Tyuram o‘rniga Marko Arnautovich maydonga tushdi. Frantsiyalik strayker kichik jarohat bilan maydonni tark etdi. Oradan ko‘p o‘tmay qanotdan Arnautovichga Dimarko ajoyib tarzda to‘pni uzatdi, lekin hujumchi vaziyatni ko‘kka sovurdi. 

Image

63-daqiqada bo‘lsa Marko darvozaga juda yaqin nuqtadan gol ura olmadi. Kamiga zarba aniq ketgani ham yo‘q. 

Image

Mezbonlar uchun biroz asabiyroq o‘tayotgan o‘yin 79-daqiqaga kelib o‘zgardi. Markazda "Atletiko" futbolchilari to‘pni yo‘qotdi, Lautaro esa birga-bir vaziyatga chiqib, zarba berdi va Oblakdan ajoyib seyv. Ammo qaytgan to‘pni Arnautovich darvozaga joylab qo‘ydi. 

Image

Milanliklar uchrashuv davomida 19 ta zarba berdi. Shulardan 5 tasi aniq. "Atletiko" esa 7 bor Zommer darvozasini ishg‘ol qilishga harakat qilgan bo‘lsa, bironta aniq zarba yo‘llay olmadi. Deyarli barcha javbhalarda mezbonlar oldinda bo‘ldi. 

photo_2024-02-21_03-51-47

 

Kamiga "Atletiko"ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgan Antuan Grizmann ham engil jarohat olganga o‘xshadi. Javob bahsi 14-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Agarda keyingi safar Simeone himoyadan tashqari "Inter"ning mana bunday mudofaasiga qarshi nimadir o‘ylab topmasa, chorak finalga Milan jamoasi yo‘l oladi. 

Image

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!