
"Inter" "Arsenal" himoyachisini ko‘zlab qo‘ydi
Italiyaning "Inter" klubi Londonning "Arsenal" himoyachisi Zinchenkoni sotib olish haqida o‘ylamoqda.
Filippo Inzagi boshchiligidagi klub qishki transferlar oynasida tarkibni kuchaytirish haqida o‘ylamoqda. Klub mutasaddilari birinchi navbatda Di Markoga o‘rinbosar topishni maqsad qilib qo‘ygan.
"The Sun" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, "nerazzurilar" uchun "to‘pchilar"ning chap qanot himoyachisi Aleksandr eng yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda. Agarda ukrayinalik futbolchi londonliklar bilan shartnomasini uzaytirmasa, italiyaliklar taklif bilan chiqishga tayyor.
Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli qanot himoyachisining "kanonirlar" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 30 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar