
Insayd! "Navbahor" tez orada 3 ta transferni e’lon qilishi kutilmoqda
"Navbahor" ikkinchi davra oldidan tarkibda jiddiy o‘zgarishlar tayyorlamoqda.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, namanganliklar Toma Tabatadzeni o‘z safiga qo‘shib oldi. Gruziyalik forvard yangi klubi bilan mashg‘ulot o‘tkazishni boshlab yuborgan. Avvalroq, Ignatiy Nesterov hamda Azim Ahmedov ham "lochinlar" mashg‘ulotida ko‘rinish bergandi.
Dastlabki davrani Toma "Neftchi" tarkibida o‘tkazib, 13 o‘yinda 6 ta gol va bitta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar