Insayd! Ibrohimhalil Yo‘ldoshevga "Navbahor" va "Paxtakor" taklif bilan chiqqan. Legionerimiz esa...

  • 15 dekabr, 2023, 18:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning "Nijniy Novgorod" klubi sharafini himoya qiladigan legionerimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshevda qishda O‘zbekistonga qaytish varianti mavjud edi. Bu haqda SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘zining telegram kanali orqali xabar berdi. 

Tecno

"Ibrohimhalil Yo‘ldoshev qishki transfer oynasi ochilishi bilan O‘zbekistonga qaytib kelishi mumkin edi. Unga "Navbahor" va "Paxtakor" taklif bilan chiqqan, ammo futbolchi O‘zbekistonga qaytishni istamadi.

Qahramonimiz katta ehtimol bilan qishda jamoasini o‘zgartiradi. Ayni paytga qadar u "Nijniy Novgorod" safida ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!