
Inigo Martines Acherbiga qilgan harakati haqida gapirdi
"Barselona" UEFA Chempionlar ligasining yarim finalida "Inter"ga qarshi javob bellashuvidan so‘ng Inigo Martines Franchesko Acherbiga nisbatan qilgan harakati haqida fikr bildirdi.
Mazkur bahsning birinchi bo‘limida “Barsa” va “Inter” futbolchilari o‘rtasida tortishuv yuz berdi. Chalxanoglu penalti uddalaganidan so‘ng Acherbi golni nishonlab o‘tayotganida Martines unga qarab tufladi. Ammo bosh hakam Shimon Marchinyak epizodga baho bermadi va kartochka ko‘rsatmadi.
– U 2:0 hisobini nishonlar ekan, qulog‘imga baqirdi. Mening harakatim kerak emas edi, bunga roziman. Lekin men u tomon tuflagan bo‘lsam-da, u holatda unga tegmaganman. Agar tekkanida edi, hakam meni maydondan haydagan bo‘lardi. Men buga shubha qilmayman, – dedi ispaniyalik himoyachi uchrashuvdan keyin.
Fikrlar