Infantino: "Kelayotgan Jahon chempionati tarixdagi eng yirik chempionat bo‘ladi"
FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon chempionati–2026 haqida gapirib, uni tarixdagi eng yirik musobaqa bo‘lishini ta’kidladi.
"Bu Jahon chempionatlari tarixidagi eng ulug‘ chempionat bo‘ladi. Bir oy ichida 104 ta Superboul kabi musobaqa.
Stadionlarda 7 million tomoshabin, uyda esa 6 milliard kishi tomosha qiladi", – dedi Infantino Jahon chempionati uchun o‘tkazilgan pley-off juftliklari qur’asi davomida.
Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoamiz ham ishtirok etadi.



Fikrlar