Infantino Donald Tramp haqida nimalar dedi?
FIFA rahbari Janni Infantino JCh-2026 qur’a tashlash marosimi vaqtida AQSh prezidenti Donald Trampga Tinchlik mukofoti topshirilishiga izoh berdi.
"AQSh prezidenti Donald Trampga buyuk etakchiligi va harakatlari tuflaydi butun dunyoda tinchlik hamda birdamlik yo‘lida ko‘rsatgan sadoqati sabab, FIFAning birinchi Tinchlik mukofotini topshirish menga sharaf. Futbol tinchlik, birdamlik va xotirjamlikni ifodalaydi. Biz AQSh prezidentining butun dunyoda tinchlik va birdamlikni ilgari surish yo‘lidagi ajoyib harakatlarini e’tirof etamiz. Muhtaram prezidentga barcha ishlari uchun minnatdorchilik bildiraman", - dedi Infantino.
Eslatib o‘tamiz, kecha tunda Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimida Donald Trampga Tinchlik mukofoti topshirilgan edi.



Fikrlar