Inesta o‘ziga shaxsiy klub sotib oldi

  • 15 noyabr, 2024, 12:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kataloniyaning “Barselona” klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andres Inmesta qarorgohi Daniyada joylashgan “Xelsingyor” futbol klubi egasiga aylandi.

“Futbol va umuman sport meni o‘ziga tortadigan narsa. Faoliyatim davomida to‘plangan tajribamni ushbu klubga olib kelmoqchiman. Men jamoani yaxshilashga va rivojlantirishga harakat qilaman", - dedi Inesta Sport TV2 telekanaliga bergan intervyusida.

Qayd etish joiz, “Xelsingyor” Daniyaning uchinchi divizionida ishtirok etadi. Ushbu klub 2005 yilda tashkil topgan.

Andres Inesta faoliyatining asosiy qismini "Barselona"da o‘tkazgan. Keyin esa Yaponiyaning “Vissel Kobe” va Birlashgan Arab Amirliklarining “Emireyts” klublarida o‘ynagan. U o‘tgan oy professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!