
Inesta: "Orzular jamoasini ko‘ryapman!"
"Barselona" afsonalaridan biri Andres Inesta kataloniyaliklarning joriy mavsumdagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Barca Universal" sobiq futbolchining fikrlarini keltirdi.
- Men yana orzular jamoasini ko‘ryapman. Ilgari men "Barselona" o‘yinlarini tomosha qilardim va qo‘rqardim. Biroq, endi mendan "Barselona" g‘alaba qozonadimi, deb so‘rashning hojati yo‘q. "Barselona" bugun qancha gol uradi, deb o‘zingizdan so‘rang, - dedi Inesta.
Malumot uchun, "Ko‘k-anorranglilar" 20 turdan so‘ng 39 ochko to‘plagan holda La Liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar