Inesta Messini tan olmadi!

  • 30 oktabr, 2022, 23:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”da Lionel Messi bilan birga o‘ynagan Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta birga o‘ynash juda qulay bo‘lgan va o‘zi yoqtirgan futbolchilar nomini sanab o‘tdi.

Tecno

E’tiborlisi, ispan futbolchisi Lionel Messini bu ro‘yxatga qo‘shmadi.

- Men bilan bir jamoada bo‘lgan besh nafar futbolchi bilan o‘ynashni yoqtirardim. Bular Xavi, Neymar, Samuel Eto'O, Serxio Buskets va Xuan Roman Rikelme, - dedi Andres Inesta TyC Sports nashriga.

Yuqorida nomi aytilgan o‘yinchilar bilan Inesta turli yillarda “Barselona”da birga o‘ynagan. Futbolchining o‘zi 2002-2018 yillar davomida kataloniyaliklar sharafini himrya qilgan.

Inesta tanlagan o‘yinchilar orasida argentinalik Xuan Ramon Rikelme u bilan bir mavsum to‘p tepgan. Lionel Messi esa Inesta bilan 15 yil davomida birga harakat qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!