
Inesta Angliya va Portugaliyani mundial favoritlari qatoriga kiritmadi
Afsonaviy futbolchi Andres Inesta mundial oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, u o‘z qarashlariga asoslanib, favoritlarni ham sanab chiqdi.
"Argentina g‘oliblik uchun da’vogarlardan biri. Ularda yosh va tajribali futbolchilardan tashkil topgan ajoyib jamoa bor. Hozir "kumushli o‘lka" vakillari ajoyib formada.
Messi u erda ekanini inobatga olsak, ularni asosiy favorit, deyish ham mumkin. Yana Braziliya, Ispaniya va Frantsiya kabi termalar ham mavjud. Ularni esdan chiqarib bo‘lmaydi.
Agar Messi Jahon chempionatida zafar quchsa, men uning sobiq jamoadoshi sifatida xursand bo‘laman", - dedi ispaniyalik iqtidor sohibi.
Fikrlar