
Indoneziya jamoasi 12 ta futbolchi bilan o‘ynagani ma’lum bo‘ldi
Indoneziya klubi o‘yin yakunida 12-futbolchini maydonga tushirdi.
Indoneziyaning "Makassar" jamoasi "Barito Putera" jamoasiga qarshi o‘yinda hiyla ishlatmoqchi bo‘ldi.
O‘yinning so‘nggi soniyalarida maydonda o‘n ikkinchi futbolchi paydo bo‘ldi. Buni hakamlar payqashmadi. Bu esa 3:2 hisobidagi g‘alabani saqlab qolishga imkon berdi.
Biroq, raqib jamoa vakillari "Makassar"ning bu harakatini isbotlovchi surat va videolarni topshirib, e’tiroz bildirdilar. Endi "Makassar" 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyatga uchrashi mumkin.
Fikrlar