Iman Xelif: "IBA ga ishonch yo‘q"

  • 13 noyabr, 2024, 15:52
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
BEPUL PROPAN

Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni, jazoirlik Iman Xelif Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan o‘tkaziladigan 2023 yilgi jahon chempionatidagi diskvalifikatsiyasi haqida gapirdi.

“Men bu hujjatlarni haydab chiqarilganimdan keyin ham ko‘rmaganman. O‘sha kuni musobaqada ortiq qatnashmasligimni aytib, bir varaq qog‘oz olib kelib, imzo qo‘yishimni so‘rashdi. Vaziyat men uchun aqlga sig‘maydigandek tuyuldi, finalga chiqqandim, lekin jang qila olmasdim. Oltin medalni juda istagandim, keyin bu orzum parchalanib ketdi, men hayratda qoldim. Biroz o‘tib test natijalari yuborildi, ammo ular batafsil ko‘rsatilmadi. Jazoir Boks Federatsiyasi va men apellyatsiya berdik. Ammo bu foyda bermadi. Shundan so‘ng, IBA ga ishonch yo‘qligini angladik”, - dedi Xelif "Rai" ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, frantsuz jurnalisti Jaffar 2023 yilda yakunlangan Xelifning gender testi haqidagi hisobotni e’lon qilgan edi. Tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, sportchida moyaklar va mikropenis borligi aniqlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Nuriddinov Jamoliddin
14/11/2024 00:37
Odam podammas ekan bu trans
Mahmud Ttww
13/11/2024 16:12
Ўрисларга ишонма.