Iliya Topuriya: "Xabib Nurmagomedov - MMA tarixidagi eng buyuk jangchi emas"

  • 14 fevral, 15:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Yarim engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya aralash yakkakurashlar tarixidagi eng buyuk jangchini kimligini aytdi.

“Men uchun MMA tarixidagi eng buyugi - Jon Jons. Odamlar Jonsni Xabib bilan solishtirishi kulgili. Nurmagomedov UFC da 14 yoki 15 ta jang o‘tkazgan. Amerikalik esa 22 g‘alaba qayd etgan" - deya Topuriyaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi X dagi "Werdist MMA" akkaunti.

Eslatib o‘tamiz, Abu-Dabidagi "UFC 308" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Topuriya AQSh vakili Maks Xolluoeyni uchinchi raundda nokautga uchratgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!