Iliya Topuriya Islom Maxachevni dog‘da qoldirdi
AQShda bo‘lib o‘tgan "UFC 317" turniridan so‘ng, promoushen reytingi yangilandi.
Unga ko‘ra, rossiyalik UFC jangchisi Islom Maxachev endi P4P etakchisi emas. Engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya bu maqomni undan tortib oldi. Aleksandr Pantoja esa ushbu reytingda to‘rt pog‘ona yuqorilab, 5-o‘ringa joylashdi.
2001 yilda tug‘ilgan, amerikalik Joshua Van super engil vazn toifasi reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. U endi 1 dekabr kuni Pantojaga qarshi chempionlik jangini o‘tkazadi.
Engil vazn reytingida Peddi Pimblett 2 pog‘ona pastlab, 10-o‘ringa tushib ketdi.



Fikrlar