
Iliya Topuriya Islam Maxachevni raqiblar ro‘yhatidan chiqardi
Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya (16-0) engil vazn toifasida chempion Islam Maxachev(26-1)ni raqiblar ro‘yxatidan chiqarib tashladi.
"Agar Islam o‘z kamarini himoya qilishda davom etsa va yangi marralarni ko‘zlasa, balki bir kun kelib biz bu jangni ko‘rishimiz mumkin, ammo hozircha u mening raqiblarim ro‘yxatida yo‘q", - deya Topuriyaning so‘zlarini keltirdi "Sportskeeda".
Eslatib o‘tamiz, "UFC 308" turnirida Iliya 3-raundda Maks Xolloueyni texnik nokautga uchratdi.
Fikrlar