Iliya Topuriya chempionlik kamarini vaqtincha himoya qilmaydi

  • 16 dekabr, 15:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Iliya Topuriya ijtimoiy tarmoqlarda engil vazn chempionlik kamarini vaqtincha himoya qilmasligini ma’lum qildi. Bunga yuridik muammolar sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Tecno

"Shaxsiy daxlsizligingiz, oilangiz va obro‘ingizga tahdid soladigan holatlar yuzaga kelganda, siz ularga bevosita qarshi turishingiz kerak. So‘nggi oylarda men kuchli va qabul qilib bo‘lmaydigan bosimga duch keldim, jumladan, moliyaviy talablar qondirilmasa, oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha yolg‘on ayblovlar bilan tahdid qilishdi. Bu ayblovlar mutlaqo asossiz. Haqiqat fikrda emas, balki dalillarda. Va barcha tegishli dalillar, jumladan, audio, SMS xabarlar va videotasvirlar saqlanib qolgan va hujjatlashtirilgan", - deb yozgan Topuriya ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, Jastin Getji 24 yanvar kuni "UFC 324" turnirida Peddi Pimblett bilan engil vaznda vaqtinchalik chempionlik kamari uchun oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!