Iliya Topuriya: “Boksda ham o‘zimni sinab ko‘rmoqchiman”
UFC ning engil vazn toifasida amaldagi chempion Iliya Topuriya boksda ham kuchini sinab ko‘rish niyatida ekanini aytdi.
“Maqsadim — bokschi sifatida ringga chiqish va o‘zimni mazkur yo‘nalishda ham sinab ko‘rish. Buni albatta bajaraman. Biroq hozircha aniq sana mavjud emas”, - dedi gruziyalik.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya so‘nggi jangini 2025 yil 29 iyun kuni Charlz Oliveyraga qarshi o‘tkazib, birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.



Fikrlar