Ikrom Aliboev supergol urgan o‘yinda jamoasi durang qayd etdi

  • 30 iyun, 2019, 17:53
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Koreya K-ligasida 18-tur uchrashuvlari doirasidagi "Seul" - "Ulsan" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Turning markaziy bahsida durang qayd etildi - 2:2. Bellashuvda seulliklar tarkibida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboev boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va 87 daqiqa o‘ynadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Diqqatga sazovor jihati shundaki, hamyurtimiz 41-daqiqada koreys klubi safidagi navbatdagi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur o‘yindan so‘ng "Seul" 38 ochko jamg‘arib, "Chonbuk Motors" bilan birgalikda musobaqa jadvali 1-2-o‘rinlarini bo‘lishib turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abdurasul Pirxonov
30/06/2019 18:00
Маладец хар иккита уйинда биттасида гол уряпти
&
нодирбек.фк насаф
30/06/2019 18:00
Маладиз икром бунака голлани узбекистон термасидахам уйнаганингда чиройли голлар кутиб коламиз