Ikrom Aliboev debyut o‘yinidan keyin: "Hammasini unutdim, endi qaytadan boshladim"

  • 11 may, 2021, 20:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, hamyurtimiz Ikrom Aliboev og‘ir jarohati tufayli “Seul” klubini tark etgandi. Mart oyida legionerimiz Janubiy Koreya K2 ligasi vakili – “Tedjon Xana Sitizen” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

Nihoyat, Aliboev jarohatidan forig‘ bo‘ldi va yana maydonga qaytdi. K2 liganing 11-turida uning jamoasi safarda “Pusan Ay Park” bilan kuch sinashdi. Afsuski, futbolchimizning yangi klubidagi debyuti muvaffaqiyatli chiqmadi. “Tedjon Xana Sitizen” mezbonlarga 4:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

aliboev_2

Ikrom 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. O‘yindan keyin legionerimiz o‘zining instagramdagi sahifasida quyidagilarni yozib qoldirdi:

- “Kechagi o‘yin natijasi biz uchun juda ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Lekin men uchun unutilmas kun bo‘ldi. Uzoq tanaffusdan so‘ng, yana maydonga qaytdim, Xudoga shukr.

aliboev2_2

Shu vaqt ichida xayotimda ko‘p voqealar sodir bo‘ldi. Men hamma narsani unutdim va barchasini qaytadan boshladim. Kecha men yosh boladek xursand bo‘ldim. Bu qaytish men uchun katta ahamiyatga ega. Bu qaytishni faqat menga yaqin insonlar biladi.

Buning ortida nima bor, qancha qiyinchiliklar va qanday mehnat bor?! Hammasi uchun rahmat. Mening oilam, murabbiylar va do‘stlarim", - dedi Aliboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!