
Ikram Aliskerov Uittaker bilan jang oldidan yuzaga kelgan muammolar haqida gapirdi
UFC ning o‘rta vazn toifasidagi jangchisi Ikram Aliskerov Robert Uittakerga qarshi jang oldidan duch kelgan muammolari haqida gapirdi.
"Chimaev jangda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘lgach, men vazn tashlash uchun suv ichishni to‘xtatdim. Chunki besh funtga ozishim kerak edi. Lekin keyin menga "Robert bilan jang qilasan", deyishdi. Shuning uchun men Ar-Riyodga uchib ketayotib, keyingi bir necha kun davomida vaznimni ushlab turishim kerak, deb o‘yladim. Endi men jang haqida emas, balki to‘g‘ri ovqatlanish haqida qayg‘uryapman", — deya Ikramning so‘zlarini keltiradi MMAJunkie.
Eslatib o‘tamiz, Uittaker(25-7) va Aliskerov(15-1) o‘rtasidagi qarama-qarshilik 22 iyun kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar