
Ikki yulduzdan biri "Barselona"ni tark etadi
Usmon Dembele yoki Rafinyadan biri yozda "Barselona"ni tark etishi aniq bo‘ldi, deya xabar bermoqda AS nashri.
Katta ehtimol bilan, jamoa moliyaviy muammolarni bartaraf etish maqsadida qimmatbaho yulduzlaridan birini sotmoqchi. Shuningdek, OAVda "ko‘k-anorranglilar" Mbappe transferi uchun barchasiga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Rafinya mavsum avvalida "Lids"dan "Barsa" tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Ammo u kutilganidek o‘yin namoyish eta olmayapti. Braziliyalik futbolchining transfer narxi 50 million evroni tashkil etadi.
Dembele esa 2022 yilni ancha ishonchli o‘tkazyapti. Ayniqsa, u Xavi qo‘l ostida o‘zining eski formasini tiklab oldi.
Fikrlar