Ikki vunderkind “Real”ni tanladi

  • 2 iyul, 2024, 11:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Zamonaviy futbolning yangi avlodi etishib chiqmoqda. Ular orasida “Lill”ning 18 yoshli himoyachisi Leni Yoro va “River Pleyt”ning 16 yoshli hujumkor futbolchisi Franko Mastantuono bor.

Bu ikki vunderkindga Evropaning bir necha grand klublari da’vogarlik qilmoqda.

Cadena SER nashrining yozishicha, Leni ham, Franko ham taqdirini “Qirollik klubi” bilan bog‘lashga qaror qilgan.

Bu transferlarni amalga oshirish uchun “Real” mutasaddilari “Lill” va “River Pleyt” bilan kelishuvga erishishi lozim.

Transfer bo‘yicha ekspertlar Yoroni 50 million, Mastantuononi 40 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!