
Ikki vaznda sobiq jahon chempioni Zolani Tete Murodjon Ahmadalievga "vizov" tashladi (foto)
Professional boksda ikki vaznda sobiq jahon chempioni va hozirda birinchi yarim engil vaznda (55,3 kg) janglar olib borayotgan Zolani Tete (30-4, 23 nokaut) Angliyaning London shahrida tashkil etilgan boks oqshomida Jeyson Kanningem (31-7, 7 nokaut) ustidan 4-raundda muddatidan oldin g‘alaba qozondi. Mazkur to‘qnashuvdan so‘ng, Tete ushbu vaznda WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadalievni jangga chorladi.
"Menga uni olib keling va u bilan ham shunday holat sodir bo‘ladi. Qachon uxlashga tayyor bo‘lsang, meni yo‘qla chempion",-deya Tete o‘z tvitter postida Ahmadalievni belgilagan.
Fikrlar