
Ikki vakilimiz jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi!
Bugun Peruda davom etayotgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kunida bir qator vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Quvonarlisi, ular orasida vakillarimiz ham bor.
Jumladan, ayollar o‘rtasida -59 kg vazn toifasida supachaga ko‘tarilgan Marjona Abdumutalova siltab ko‘tarishda 102 kg natija ko‘rsatib bronza medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ikki kurash yakuniga ko‘ra 190 kg bilan kumush medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Shuningdek, erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan sportchimiz Xikmatillo Xaydarov dast ko‘tarish mashqida 154 kg toshni bo‘ysundirgan holda bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar