
Ikki Olimpiada chempionimiz Niderlandiyadagi boks turnirida ishtirok etadi
6-9 iyun kunlari Niderlandiyada "Eindhoven Box Cup" musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, unda ikki hamyurtimiz, Olimpiada chempionlarimiz - Abdumalik Halakov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ham ishtirok etishadi. 30 ga yaqin davlatdan bokschilar qatnashadigan turnirga yana bir qator nomlar taklif qilingan.
Jamal Kuliev - U23 Evropa chempioni;
Lay Chju-En - Osiyo chempionatida bronza va Osiyo o‘yinlarida kumush medal sohibi;
Mahmud Sabirxan - jahon chempioni;
Ali Abdullaev - jahon chempionati kumush medali sohibi;
Ichrak Chaib - jahon chempionati bronza medali sohibi;
Oliviya Toborek - Evropa chempionati medallarining ko‘p karra sovrindori.
Bu haqda musobaqa o‘zining Instagram sahifasida e’lon qildi.
Fikrlar