Ikki nafar o‘zbekistonlik K-1 ustasi Turkiyadagi super turnirda jang qilishadi

CHERY AUTO

15 oktyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida nufuzli jang kechasi bo‘lib o‘tadi. Diewolfe promousheni tomonida jahonning kuchli K-1 ustalari o‘rtasida o‘ziga xos turnir tashkil etilmoqda.

Tecno

Albatta, ushbu jang kechasida 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi ham ringga ko‘tariladi. Jumladan, 76 kg vaznda Murodjon Ahmedov niderlandiyalik anchagina jiddiy raqib Kevin Xesslingga qarshi jang qiladi. Avvalroq, Ahmedovga turkiyalik Ismael Uzuner raqiblik qilishi kerak edi. Biroq, yakunda Niderlandiya vakili bilan bahs yuritadigan bo‘ldi. Yana bir yurtdoshimiz Navro‘zbek O‘roqov esa turkiyalik Hasan Chetinga qarshi jang qiladi.

Albatta, ushbu muhim janglarda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!