
Ikki nafar kurashchimiz bronza medali uchun gilamga chiqadigan bo‘ldi
Yunon-rum kurashchilarimiz Aram Vardanyan (-77 kg) hamda Rustam Assakalov (-97 kg) Parij-2024 medallari uchun kurashni davom ettirishadi. Hamyurtimiz Aram Vardanyan chorak finalda yaponiyalik Kusaka Naoga imkoniyatni boy bergandi. Yarim finalga yo‘l olgan yapon sportchisi ushbu bosqichda Armaniston vakilini mag‘lub etgan holda finalga yo‘l oldi. Shu tariqa, kurashchimiz Aram Vardanyanda bronza medali uchun imkoniyat paydo bo‘ldi. Shuningdek, yana bir kurashchimiz Rustam Assakalov chorak finalda Armaniston vakili Artur Aleksanyanga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Ammo Artur yarim finalda raqibini engib, finalga yo‘llanma oldi va hamyurtimiz Rustam Assakalovga bronza medali uchun gilamga chiqish imkoniyatini taqdim etdi.
Hamyurtlarimizni chorak finalda mag‘lub etgan raqiblar final yo‘llanmasiga sazovor bo‘lishdi. Shu tariqa, har ikki polvonimiz ertaga bronza medali uchun o‘tish bosqichida gilamga chiqadilar. Ularning o‘tish bosqichidagi raqiblari:
-77 kg: Aram Vardanyan - Abdelkrim Oukali (Jazoir)
-97 kg: Rustam Assakalov - Seong Jun Kim (Koreya Respublikasi)
Fikrlar