
Ikki nafar hamyurtimiz profescional boksda navbatdagi janglarini o‘tkazadi
Profescional boksning super yarim (-69,8 kg) o‘rta vazn toifasida Mirzakamol Ne’matov (1-0, 1 KO) va o‘rta vaznda (72kg) Bahromjon Fozilov (0-1-1) o‘zlarining navbatdagi janglarini 21 dekabrda o‘tkazadi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan boks oqshomida Ne’matovga rossiyalik Evgeniy Klimov (2-4-1, 1 KO) raqiblik qilsa, Bahromjon Fozilov Andey Tomashchukka (3-14, 1KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
"Shohjahon_GYM" sobiq vakillari hisoblangan Ne’matov va Fozilov hozirda "Yuka Boxing" promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga ega. Mazkur jang kechasi ham ushbu promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Ma’lumot uchun, Mirzakamol Ne’matov ilk jangida Dmitriy Antipovni 1-raunddayoq nokautga uchratgan edi. Bahromjon Fozilov esa Shohjahon Ergashev bilan bir kechada Ivan Erkovga qarshi jangda durang qayd etgan.
Fikrlar