Ikki bokschidan biri Saul "Kanelo" Alvaresning majburiy raqibiga aylanadi

  • 12 dekabr, 2024, 15:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Birinchi o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Xayme Munguiya (44-1, 35 KO) va mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan Kristian Mbilli (28-0, 23 KO) 2025 yilning birinchi yarmida ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligi uchun rasmiy da’vogarga aylanish maqsadida jang qiladi. Bu haqda Butunjahon boks kengashi tomonidan Germaniyada bo‘lib o‘tgan kongressda e’lon qilindi.

Tecno

Ushbu to‘qnashuv g‘olibi hozirda mazkur divizionda WBC, WBA Super va WBO chempionlik kamarlariga ega bo‘lgan meksikalik yulduz  Saul "Kanelo" Alvaresning majburiy raqibi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Alvares 2024 yilning may oyida Munguiya bilan jang qilgan va yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!