
Ikki atletimiz nufuzli musobaqada sovrindor bo‘ldi
Qozog‘istonning Astana shahrida engil atletika bo‘yicha nufuzli musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Butunjahon engil atletika federatsiyasining taqvimidan o‘rin olgan oltin darajadagi turnirda 40 mamlakatdan 110 nafar sportchi qatnashdi. Yopiq arenada tashkil etilgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallashdi.
Uch hatlab sakrash dasturida Sharifa Davronova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Hamyurtimiz turnirda 13,90 metr natija ko‘rsatishga erishdi.
Shuningdek, balandlikka sakrash sektorida omadini sinab ko‘rgan Amir Nagaev 2,10 metr bilan bronza medali sohibiga aylandi.
Fikrlar