
Iguain "Yuventus"dan ketishni istamayapti
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Gonsalo Iguain “keksa sinora” safida qolishi mumkin.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli argentinalik futbolchi jamoadan ketishni xohlamayapti. U yangi mavsumda “Yuve”da qolib, yangi murabbiyga nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Iguainga “Roma”dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Iguain o‘tgan mavsumni “Milan” va “Chelsi” klublarida ijarada o‘tkazdi.
Fikrlar