
Iguain Messi va Ronalduni tan olmadi
Argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain ayni paytdagi eng zo‘r uch nafar futbolchi nomini aytdi.
- Men Robert Levandovski, Erling Xoland va Karim Benzemani eng yaxshi futbolchilar ekanini tan olaman. Karim 12 yildan buyon yuqori darajali klubda o‘ynayapti. Levandovski juda ko‘p gol uryapti. Xolandning kelajagi porloq va u zo‘r hujumchi.
Dunyo futbolida yaxshi futbolchilar ko‘p bo‘lgan. Eng zo‘ri, shubhasiz, Ronaldo. Men doim braziliyalik hujumchiga o‘xshashga harakat qilardim, - deydi Iguain.
32 yoshli Gonsalo o‘z davrida “Real”, “Yuventus”, “Milan” va “Chelsi” kabi Evropa grandlari tarkibida o‘ynagan. Hozir AQSh chempionatida “Inter Mayami” sharafini himoya qilmoqda.
Pirlo Ronalduning agentidan yordam so‘radi
Dunyo to‘purari Ronalduga tan berdi
Futbol tarixidagi eng zo‘r dribling ustasi kim? Siz uni taniysiz
Fikrlar