
Igor Sergeev faoliyatini Rossiya Premer ligasida davom ettirishi mumkin
O‘zbekiston terma jamoasi va Qozog‘istonning "Tobol" klubi hujumchisi Igor Sergeev faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Rossiyalik insayder Ivan Karpovning xabariga ko‘ra, futbolchiga "Torpedo" qiziqish bildirmoqda. Hozircha transfer haqida boshqa ma’lumotlar oshkor etilmagan. Agar hujumchimiz mazkur klubga o‘tadigan bo‘lsa, unda "Torpedo" sharafini himoya qiladigan futbolchilarimiz soni ikkitaga etadi.
O‘zingizga ma’lumki, yaqinda Hojimat Erkinov ham "Paxtakor"dan Moskva klubiga o‘tgan edi va hozirda "Torpedo"ning asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishga harakat qilmoqda.
Fikrlar