
Igalo faqat asosiy tarkibga munosibmi?
“Manchester Yunayted” ayni damda UEFA Evropa ligasi 1/8 finali doirasida Avstriyada LASK klubi mehmoni bo‘lmoqda va birinchi bo‘limda 1:0 hisobida g‘alaba qozonmoqda.
Uchrashuvda yagona bo‘lib turgan golga 28-daqiqada “qizil iblislar” forvardi Odion Igalo mualliflik qildi. E’tiborlisi, nigeriyalik futbolchi MYuda asosiy tarkibda tushgan barcha uchchala o‘yinda ham raqib darvozasiga yo‘l topa oldi. U bundan avval Evropa ligasi doirasida “Bryugge”ga (5:0) qarshi hamda Angliya kubogi doirasida “Derbi Kaunti”ga (3:0) qarshi bahslarda ham gol urgan edi.
Qizig‘i shundaki, Igalo zaxiradan maydonga tushgan 5 ta o‘yinning birortasida ham gol urolmagan.
Fikrlar