
Ibrohimxalilning do‘sti “Chelsi”ga ketmoqchi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev Rossiya premer-ligasida “Pari Nijniy Novgorod” jamoasi sharafini himoya qilayotganidan xabaringiz bor. Legionerimizning jamoadoshi Timur Suleymanov faoliyatini “Chelsi”da davom ettirish orzusida ekanini ma’lum qildi.
22 yoshli hujumchi avvaliga Moskvaning “Dinamo” klubi vakili Arsen Zaxaryan “Chelsi”ga o‘tadigan bo‘lsa unga havas qilishini aytdi.
Keyin esa “Chelsi” o‘zining sevimli klubi ekanini va kelajakda “Stemford Bridj”ga ko‘chib o‘tish niyati borligini yashirmadi.
- Zaxaryan bilan ajoyib tandem bo‘lardik, - dedi Timur Suleymanov.
Bundan tashqari, Timur Suleymanov birinchi vazifasi Nijniy Novgorod jamoasi asosiy tarkibidan muqim joy olish ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” Arsen Zaxaryan transferini yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Biroq, transfer oynasi yopilishi arafasida Rossiya futbolchisi uchun pul o‘tkazish muammo bo‘lib qoldi.
Fikrlar