
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: "Baribir terma jamoada gol urish boshqacha"
“Nijniy Novgorod” himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ham Srechko Katanets boshchiligidagi milliy terma jamoamiz safida ter to‘kyapti.
Futbolchi O‘FA matbuot xizmatiga o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Taassurotlar yaxshi. Bu ikkinchi yig‘inimiz, birinchi yig‘inimiz ham yaxshi o‘tdi, Shvetsiyaga qarshi o‘ynadik. Hozir yangi futbolchilar bor, ular hamma bilan tez moslashib ketdi.
O‘yinga kelsak, bizning nazoratimiz ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limda muvozanatni biroz yo‘qotib qo‘yganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar ham o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qildi.
Gol haqida gapirsam, bu debyut golim bo‘ldi. Baribir terma jamoada gol urish boshqacha. Navbatdagi uchrashuvga tayyorgarligimiz yaxshi. Xalqimizning ishonchini qozonishga harakat qilamiz, - deydi Yo‘ldoshev.
Fikrlar