Ibrohimhalil Yo‘ldoshev terma jamoamiz safiga qo‘shildi. Shomurodov va Sergeevchi?

  • 12 iyun, 2023, 23:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Srechko Katanets boshliq O‘zbekiston terma jamoasi "Jar" stadionida Turkmanistonga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi. Mazkur yig‘inga "Nijniy Novgorod" safida harakat qiladigan himoyachi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev termamiz  safiga kelib qo‘shildi va mashg‘ulot olib bordi. Igor Sergeev va Shomurodov esa hali kelmadi.

Tecno

"CAFA"ni yaxshi musobaqa bo‘ladi deb o‘ylayman. Terma jamoamizning o‘ziga yarasha kuchi bor. Eng katta maqsadimiz turnirda g‘olib bo‘lish. Qo‘ldan kelganicha muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Ammo raqiblarimiz ham turnirni yutish uchun kelyapti. 

Klubingiz "Nijniy" safida dastlabki o‘yinlarda boshlang‘ich tarkibda tushayotgan edingiz, biroq so‘nggi bellashuvlarda zaxirada qolib ketyapsiz. Bu nima bilan bog‘liq?

To‘g‘ri, boshida asosiy tarkibda tushayotgan edi. Bizda mavsum davomida 3 ta murabbiy almashdi va menimcha shu bilan bog‘liq. 

Turkmanistonga qarshi bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Bu bahsda ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz", - dedi Yo‘ldoshev.

Shuningdek, Ummonga qarshi asosiy tarkibda harakat qilgan Oston Urunov mashg‘ulotda qatnashmadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi "CAFA Nation's Cup" turniri doirasidagi navbatdagi bahsni Turkmanistonga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuv 14 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!