Ibragimovichning fikricha, "Oltin to‘p" Yamalga berilishi kerak edi
Shvetsiya futboli afsonasi Zlatan Ibragimovich bu yilgi "Oltin to‘p"ni kimga berish kerakligini aytdi.
Ibragimovichning so‘zlariga ko‘ra, bu mukofotni jamoani yakka o‘zi g‘alabaga etaklay oladigan futbolchi olishi kerak. Uning fikricha, bu mavsumda shunday o‘yinchi "Barselona" vingeri Lamin Yamal bo‘ldi.
Zlatan, shuningdek, barcha sovrinlarini uyida saqlashini va o‘zining hech qachon "Oltin to‘p" yuta olmagani juda g‘alati tuyulishini ham ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi "Oltin to‘p"ni PSJ hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritdi, Yamal esa ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egalladi.



Fikrlar