
Ibragimovich yana gol urdi va yana jamoasiga g‘alaba keltirdi (video)
AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi MLSning 32-turi doirasida "Real Solt-Leyk" jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Kaliforniyaliklarga g‘alaba keltirgan golga shvetsiyalik mashhur hujumchi Zlatan Ibragimovich mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich joriy mavsum MLSda jami 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 28 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar