
Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasiga qaytadimi?
“Milan” forvardi Zlatan Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasiga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Agar mendan Shvetsiya terma jamoasini sog‘inyapsizmi, deb so‘rasangiz, men “ha”, deb javob beraman. Men “Frends Arena”da o‘ynashni, sariq devorni ko‘rishni va maydonni sariq libosda tark etishni xohlayman. Faoliyatim hali tugamadi.
Men Yann Anderssonni tanimayman va u bilan hech qachon gaplashmaganman. U haqida aytganlarim, u qabul qilgan qarorlarning sharhidir”, - dedi 39 yoshli futbolchi.
Ibragimovich “Evro-2016”dan so‘ng, Shvetsiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan edi.
Fikrlar